JIDUda “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining universitet  bosqichi bo‘lib o‘tdi

JIDUda “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining universitet  bosqichi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 6-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” nomli sport musobaqalari tashkil etildi. Tadbir Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda JIDU Sport klubi hamkorligida o‘tkazildi.

    Mazkur sport musobaqalari yoshlarda yetakchilik fazilatlarini shakllantirish, jismoniy va intellektual salohiyatni namoyon etish, tarixiy meros va milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan.

    Musobaqa doirasida ishtirokchilar quyidagi sport va amaliy yo‘nalishlar bo‘yicha bellashdilar:

    • 100 metrga yugurish
    • Dars uloqtirish
    • Velosport
    • Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish

    Ushbu yo‘nalishlar orqali talaba-qizlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, liderlik qobiliyati hamda favqulodda vaziyatlardagi tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Baholash jarayonida bilim, iqtidor, mas’uliyat va tashabbuskorlik asosiy mezon sifatida e’tiborga olindi.

    Musobaqa yakunida o‘zining fidoyiligi, chaqqonligi va bilimdonligi bilan ajralib turgan quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:

    Sadoqat Mamatjonova – Xalqaro huquq fakulteti, Velosport yo‘nalishi

    Farangiz Abdusattorova – Xalqaro huquq fakulteti, Velosport yo‘nalishi

    Parizoda Ramazonova – Xalqaro huquq fakulteti, Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘nalishi

    Moxina Botirova –  Xalqaro huquq fakulteti, 100 metrga yugurish yo‘nalishi

    Kamila Ubaydullayeva – Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti, 100 metrga yugurish yo‘nalishi

    Sevinch Erkinova – Xalqaro huquq fakulteti, Dars uloqtirish yo‘nalishi

    G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu sport musobaqalari talabalar hayotiga ijobiy ruh bag‘ishlab, ularni yanada faol, tashabbuskor va har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qildi.