
JIDU talabalari Oliy Iqtisodiyot Maktabi Milliy tadqiqot universiteti almashinuv dasturi bo‘yicha infosessiya o‘tkazdilar
JIDU talabalari Oliy Iqtisodiyot Maktabi Milliy tadqiqot universiteti almashinuv dasturi bo‘yicha infosessiya o‘tkazdilar

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabida almashinuv dasturida avval tahsil olib qaytgan talabalari, 2026-2027 o‘quv yilining kuzgi semestri uchun almashinuv dasturiga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabalarga axborot sessiyasi o‘tkazdilar.
Sessiyada 3-bosqich talabalari - Xalqaro munosabatlar fakultetidan Islomov Bositxon, Xalqaro huquq fakultetidan Xolmatova Nazokat va Nurullayev Mansurbek, shuningdek Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetidan Muzaffarov Furqat ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Sessiya davomida ma’ruzachilar Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridagi Oliy iqtisodiyot maktabi kampuslarida tahsil olish jarayoni, talabalik hayoti hamda o‘quv va darsdan tashqari faoliyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Ayniqsa, hujjat topshirish tartibi, ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari, yangi akademik va madaniy muhitga moslashish hamda imtihon davriga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar turar joy masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berib, Moskva va Sankt-Peterburgning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirdilar hamda almashinuv dasturi davomida orttirgan eng esda qolarli va foydali tajribalari haqida so‘zlab berdilar.




