
SHARQ TILLARI KLUBI
SHARQ TILLARI KLUBI

Xitoy, yapon, arab va koreys tillarini bilim darajasini yanada rivojlantirish maqsadida Sharq tillari kafedrasi huzurida tashkil etilgan lingvistik to‘garak doirasida 2–3-bosqich talabalari uchun oktyabr va dekabr oylarida qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlar talabalarning xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlovchi milliy va xalqaro imtihonlarga tayyorlashga qaratildi. Jumladan, xitoy tili bo‘yicha HSK, yapon tili bo‘yicha JLPT, arab tili bo‘yicha At-Tanal hamda koreys tili bo‘yicha TOPIK imtihonlariga tayyorgarlik ishlari olib borildi.
Lingvistik to‘garak faoliyatida kafedra professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda xitoy va koreys tillari bo‘yicha xorijiy mutaxassis-o‘qituvchilar ham faol ishtirok etdilar.
Kurs yakunida, 24–25 dekabr kunlari talabalar o‘rganayotgan xorijiy til bo‘yicha original sinov testlaridan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunday mashg‘ulotlarning tashkil etilishi talabalarga nafaqat bilimlarini mustahkamlash, balki o‘zlarining til bilish darajasini obyektiv baholash imkonini ham yaratadi.




