JIDUda “Rahbar ayol va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

JIDUda “Rahbar ayol va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Rahbar ayol va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Rahbar ayol va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 5-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirokida “Rahbar ayol va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

     Tadbir yoshlarning davlat boshqaruvi, jamiyat taraqqiyoti va gender tengligi sohalaridagi o‘rni va faolligini oshirishga qaratilgan muhim tashabbus doirasida tashkil etildi.

    Uchrashuvning asosiy maqsadi – yosh avlod vakillari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘rnatish, ularni qiziqtirayotgan masalalarga javob berish, shuningdek, yoshlarda ijtimoiy mas’uliyat, yetakchilik va fidoyilik ruhini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

    Tadbir davomida Zulayho Mahkamova yoshlarga murojaat qilib, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida ular zimmasiga tushayotgan vazifalar, imkoniyatlar va ishonch haqida so‘z yuritdi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid siyosatini, ayniqsa, qizlarning ta’lim olishi, kasbga yo‘naltirilishi, ish bilan ta’minlanishi va jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan islohotlarini alohida ta’kidladi.

    Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

    • Yoshlarning yetakchilik salohiyatini oshirish, ularni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash mexanizmlari;
    • Qizlarning oliy ta’limga bo‘lgan kirish imkoniyatlarini kengaytirish, STEM yo‘nalishlarida faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash;
    • Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik va innovatsiyaga yo‘naltirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar;
    • Ayollar o‘rtasida ijtimoiy faollikni kuchaytirish, huquqiy madaniyat va gender tengligini ta’minlash.

    Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni bevosita yo‘llab, fikr va takliflarini bildirishdi. Ular orasida ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy tendensiyalar, ta’limda motivatsiyaning yo‘qolishi, iqtidorli yoshlarga qo‘llab-quvvatlov mexanizmlari haqida muhim masalalar ko‘tarildi.

    Tadbir yakunida yoshlarga davlat va jamoat boshqaruvida faol ishtirok etish, ijtimoiy loyihalarda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘z ustida tinimsiz ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Talabalar bunday uchrashuvlar yoshlar uchun katta ilhom va motivatsiya manbai bo‘layotganini e’tirof etishdi.

    Bundan tashqari, tadbirning15 nafar ishtirokchisiga O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. Mahkamova hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, professor E.S. Sultanova nomidan sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, professor E.S. Sultanovaga ilm-fan sohasidagi xotin-qizlarga bag‘ishlangan tadbirni yuqori darajada o‘tkazgani uchun "Tashakkurnoma" taqdim etildi.