
“Amir Temur vorislari” sport musobaqasi o‘tkazildi
“Amir Temur vorislari” sport musobaqasi o‘tkazildi

2026-yil 6-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni oshirish, Amir Temur merosini yoshlar ongiga singdirish, ularni vatanparvarlik va liderlik ruhida tarbiyalash hamda fakultetlar o‘rtasida sport hamkorligini mustahkamlash maqsadida “Amir Temur vorislari” sport musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa davomida universitet talabalari yuqori faollik ko‘rsatib, sport qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda do‘stona va raqobatbardosh muhitda bellashuvlarda ishtirok etdilar. Tadbir universitet miqyosida yuqori darajada tashkil etildi va unda Temuriylar, Hidoya, Uwed United, Amazon, Nebula, Kometa, Cherik, Cherry, Turon, Uwed Forse jamoalari faol qatnashdi. Har bir jamoa o‘zining jamoaviy hamjihatligi, chaqqonligi, tezkor fikrlashi va jismoniy tayyorgarligini namoyon etdi.
Musobaqa dasturida uzunlikka sakrash, turnikka tortishish, 100 metrga yugurish, estafeta, arqon tortish va granata uloqtirish kabi sport turlari bo‘lib, ular talabalarning jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi va sport mahoratini yanada rivojlantirishga xizmat qildi. Musobaqa jarayonida hakamlar hay’ati adolatli baholash mezonlari asosida natijalarni aniqlab bordi.
Tadbirga 100 nafardan ortiq JIDU talabalari ishtirok etdi.
| Sana: | 06.04.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 31 |
| Ulashish: |




