JIDUda “VIII Universiada della Lingua Italiana – 2026” doirasida bilimlar bellashuvi o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida italyan tilini o‘rganayotgan talabalar o‘rtasida “VIII Universiada della Lingua Italiana – 2026” doirasida bilimlar bellashuvi tashkil etildi. Mazkur tanlov A1 dan B1 darajagacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oldi.

    Universiada talabalarning italyan tili bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazish, ularning til ko‘nikmalarini baholash hamda mustahkamlashga qaratildi. Shuningdek, tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi. Bellashuv jarayonida ishtirokchilar grammatika, o‘qib tushunish, yozma va og‘zaki nutq bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar.

    Universiada yakunida ishtirokchilar bunday tashabbuslar talabalarning bilim darajasini oshirish, ularning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda xorijiy tillarni puxta egallashiga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.