JIDUda “Ayol – hayot gulshani” tadbiri o‘tkazildi

JIDUda “Ayol – hayot gulshani” tadbiri o‘tkazildi

    JIDUda “Ayol – hayot gulshani” tadbiri o‘tkazildi

    JIDUda “Ayol – hayot gulshani” tadbiri o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayol – hayot gulshani” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirok etdilar.

    Tadbir davomida ayollarning jamiyatdagi o‘rni va qadri haqida videolavha namoyish etildi. Bayram dasturida JIDU qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi Dilnura Xayrullayeva hamda Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti talabalari Azamat Usmanov va Aziz Umarxonning musiqiy chiqishlari, shuningdek milliy va jahon raqslari taqdim etildi. “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabasi Faxriddin Davronov gitarada jonli ijro bilan ishtirok etdi.

    Tadbir yakunida barcha fakultetlardan faol ishtirok etgan talaba-qizlar taqdirlandi. Taqdirlash marosimini JIDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi, professor, siyosiy fanlar doktori E’tibor Sidikovna Sultanova olib bordi.

    Mazkur tadbir ayollarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyat hayotidagi muhim o‘rnini e’tirof etish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida madaniy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.