JIDU talabalari Xalqaro yoshlar sammitida ishtirok etdi

JIDU talabalari Xalqaro yoshlar sammitida ishtirok etdi

    JIDU talabalari Xalqaro yoshlar sammitida ishtirok etdi

    JIDU talabalari Xalqaro yoshlar sammitida ishtirok etdi

    20–21-aprel kunlari Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusida nufuzli global forum hamda tarixda ilk bor BMT yoshlar tarmog‘i vakillari, xalqaro ekspertlar hamda turli davlatlardan tashrif buyurgan faol yoshlarni bir maydonga jamlagan Xalqaro yoshlar sammiti bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbirlarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti 3-bosqich talabasi Shodiyev Firdavs hamda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-bosqich talabasi Bahodirov Baxtiyor faol ishtirok etib, xalqaro darajadagi tajriba almashish, dolzarb muammolar yuzasidan fikr yuritish va yangi bilimlar olish imkoniga ega bo‘ldilar.

    Ushbu ishtirok yoshlarning global muammolarga befarq emasligi va ularning xalqaro maydondagi faolligini yana bir bor namoyon etdi.