Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Metodologik kengashi doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 29-may kuni Metodologik kengashi doirasida «Oliy ta’limning raqamli transformatsiyasi: imkoniyatlar, chaqiriqlar va xatarlar» mavzusidagi navbatdagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

    Seminarda JIDUning Raqamli transformatsiya va iqtisodiy masalalar bo’yicha Prorektori Djalalov M.M. “Yangi O‘zbekistonda axborot texnologiyalari mutaxassislarini sifatli tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari” nomli monografiyasiga asoslangan ma’ruza va taqdimot bilan ma’ruza qildi. Tadbirda JIDU rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

    O‘z ma’ruzasi va taqdimotida ekspert quyidagi yo‘nalishlar doirasida mavzuni belgilab berdi: Kirish, Oliy ta’limni raqamli transformatsiyalashning dolzarbligi, Monografiya, Strategik Tashabbuslar, Raqamlashtirishni huquqiy tartibga solish, Elektron boshqaruvdan raqamli davlatga o‘tish, Yoshlar uchun barqaror raqamli ta’lim tizimi, Raqamli transformatsiya sharoitida kadrlar tayyorlash, Gibrid ta’lim shakllari va sifat nazorati, IT-mutaxassislarning malakasini doimiy oshirish, OTMlarning o‘zini moliyalashtirish mexanizmlari, IT- mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar, Raqamli transformatsiya chaqiriqlari, Raqamli transformatsiya strategiyasi, Oliy ta’limda Raqamli Diplomatiya (Digital Diplomacy), Kiberhuquq (Cyber Law) va xavfsizlik masalalari, Ta’limda Data Science imkoniyatlari, JIDUda Digital Diplomacy, Cyber Law va Data Science sinergiyasi, Muammoli masalalar va xavflarni tahlil qilish, Xulosa va rivojlanish istiqbollari.

    Ilmiy-amaliy seminarning yakuniy qismida yuqorida belgilangan masalalar bo‘yicha tadbir ishtirokchilari dolzarb hamda ahamiyatli savollar va takliflar bilan so‘zga chiqdilar.