
JIDUda “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
JIDUda “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi «Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-207-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir yoshlar, xususan talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishining oldini olish, ularning sog‘lig‘i va ma’naviy kamolotiga salbiy ta’siri haqida ogohlikni oshirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlashga qaratildi.
Unda Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Rashidov Iskandarbek Rashidovich boshchiligidagi soha xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning sabablari, uning inson salomatligi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, shuningdek, noqonuniy muomalasi uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va zararli odatlardan yiroq bo‘lish muhimligi ta’kidlandi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
Tadbir yakunida bunday profilaktik uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish hamda yoshlarni turli zararli illatlardan asrash borasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
| Sana: | 18.02.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 60 |
| Ulashish: |



