«Birlashamiz — Yaratamiz — Yuksalamiz» shiori ostida seminar-treninglar, interaktiv tadbirlar va bellashuvlar tashkil etildi

«Birlashamiz — Yaratamiz — Yuksalamiz» shiori ostida seminar-treninglar, interaktiv tadbirlar va bellashuvlar tashkil etildi

    «Birlashamiz — Yaratamiz — Yuksalamiz» shiori ostida seminar-treninglar, interaktiv tadbirlar va bellashuvlar tashkil etildi

    «Birlashamiz — Yaratamiz — Yuksalamiz» shiori ostida seminar-treninglar, interaktiv tadbirlar va bellashuvlar tashkil etildi

    Talabalar kuni munosabati bilan talabalar farovonligini qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyati va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog‘lom psixologik muhitni mustahkamlash maqsadida universitet psixologi N.Norova, Yoshlar ittifoqi va UWED FORCE jamoasi hamkorligida haftalik dasturi doirasida turli yo‘nalishlarda seminar-treninglar, interaktiv tadbirlar va bellashuvlar tashkil etildi.

    Haftalik davomida mashg‘ulotlar talabalarning qiziqishlari, yosh xususiyatlari va ta’lim bosqichlari inobatga olingan holda kurslar kesimida tashkil etildi.

    Jumladan, «O‘qi — His et — Angla — Yuksal!» va «Kitob bilan o‘zingni kashf et!» shiorlari ostida «Bibliopsixologiya — mutolaa orqali ruhiy va intellektual rivojlanish» mavzusida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ularda kitobxonlikning inson tafakkuri, hissiy olami, o‘zini anglashi va shaxsiy kamolotidagi ahamiyati yoritildi. Mutolaaning fikrlash doirasini kengaytirish, hissiyotlarni anglash, hayotiy vaziyatlarga turli nuqtayi nazardan yondashish va mustaqil xulosa chiqarishdagi o‘rni amaliy misollar orqali ochib berildi.

    Shuningdek, «Psixologik immunitet — ichki kuch va barqarorlik manbai» mavzusidagi seminar-treninglarda talabalarning hissiy barqarorligini mustahkamlash, stressni boshqarish, sog‘lom muloqot va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mashg‘ulotlar davomida imtihonlar va nazorat ishlari oldidan yuzaga keladigan hayajon, o‘quv yuklamasi bilan bog‘liq zo‘riqish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, tengdoshlar o‘rtasidagi tushunmovchilik va kelishmovchiliklarni konstruktiv hal etish, shuningdek, yangi muhitga moslashish kabi talabalik hayotida uchraydigan vaziyatlar muhokama qilindi.

    Interaktiv topshiriqlar, vaziyatli tahlillar va psixologik mashqlar orqali talabalarda muammolarga oqilona yondashish, hissiyotlarni boshqarish, samarali muloqot qilish, muqobil yechimlarni topish va mas’uliyatli qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borildi.

    Ijodiy va intellektual bellashuvlar esa talabalarning tashabbuskorligi, jamoada ishlash qobiliyati, ijodiy fikrlashi hamda o‘zaro hamkorlik va qo‘llab-quvvatlash madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

    Haftalik yakunida faol ishtirok etgan talabalar hamda bellashuv g‘oliblari maxsus sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

    Mazkur haftalik talabalarning psixologik farovonligini qo‘llab-quvvatlash, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, hayotiy vaziyatlarda mustaqil va ongli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash hamda mazmunli talabalik muhitini shakllantirishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyatning amaliy ifodasi bo‘ldi.