
JIDUda “Zoʻravonliksiz kelajak” shiori ostida davra suhbati boʻlib oʻtdi
JIDUda “Zoʻravonliksiz kelajak” shiori ostida davra suhbati boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 25-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Gender asosidagi zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” loyihasi doirasida “Zoʻravonliksiz kelajak” shiori ostida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda universitet professor-oʻqituvchilari, Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB HPB xodimlari, taklif etilgan mehmonlar va talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektor maslahatchisi, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi raisi, professor E.S.Sultanova kirish soʻzi bilan ochdi. Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Sh.Yu.Shakirova ham mavzu yuzasidan soʻzga chiqib, gender asosidagi zoʻravonlikning oldini olish masalalariga toʻxtaldi.
Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha profilaktika katta inspektori, podpolkovnik F.S.Djumanazarova “Gender asosidagi zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” loyihasi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Profilaktika inspektori, podpolkovnik L.B.Tursunaliyeva oilada va jamiyatda zoʻravonlikning oldini olishda ota-onalarning oʻrni haqida soʻzlab berdi. Profilaktika inspektori, mayor M.T.Eshmamatova esa zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik madaniyatini shakllantirish davr talabi ekanini taʼkidladi.
Toshkent shahar Ziyolilar kengashi aʼzosi, “Maʼrifat” targʻibot guruhi rahbari, “Iffatli kelin” NTM asoschisi B.P.Karimova zoʻravonlikka qarshi psixologik tayyorgarlik va sogʻlom oilaviy muhitni shakllantirishning ahamiyatiga toʻxtaldi.
Tadbir savol-javoblar va fikr almashish bilan davom etdi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Tadbir yakunida ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi.
Bunday tadbirlar yoshlar oʻrtasida zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik kayfiyatini shakllantirish, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish hamda sogʻlom oilaviy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
| Sana: | 25.11.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 19 |
| Ulashish: |




