JIDUda Adliya vazirligi xodimi tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi

JIDUda Adliya vazirligi xodimi tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDUda Adliya vazirligi xodimi tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDUda Adliya vazirligi xodimi tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi

    Joriy yilning 24-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi Sanjarbek Tursunov Xolmatjon o‘g‘li tomonidan “Fuqarolik va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi mudiri Masadikov Sherzodbek Maxmudovich va o‘qituvchi Alisher Bobonazarov Bolmuhammad o‘g‘li tashabbusi bilan “Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish masalalari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

    Dars davomida talabalarga O‘zbekistonda intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofaza qilinishi, sanoat mulki obyetlarining tasnifi, intellektual mulk himoyasining sohasidagi o‘zgarishlar va uning istiqbollari masalasida ma’lumotlar berib o‘tildi.

    Bundan tashqari Adliya vazirligi va uning tegishli institutlari faoliyatidagi so‘nggi o‘zgarishlar muhokama qilinib, mavjud huquqni muhofaza qilish muassasalari to‘g‘risida talaba yoshlarning fikrlari eshitildi. Ushbu tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining 16-bandi bilan belgilangan “Tinchlik, Adolat va Mustahkam fuqarolik institutlari” to‘g‘risidagi g‘oyalarni o‘zida aks etadi.

    Ushbu tadbir yurtimizda fuqarolik jamiyatini tashkil etishdagi kuchli demokratik institutlarni tashkil etishda va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.