JIDUda O‘zbekiston va BMT hamkorligining 34 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati o‘tkazildi

JIDUda O‘zbekiston va BMT hamkorligining 34 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati o‘tkazildi

    JIDUda O‘zbekiston va BMT hamkorligining 34 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati o‘tkazildi

    JIDUda O‘zbekiston va BMT hamkorligining 34 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati o‘tkazildi

    Joriy yilning 4-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti: 34 yillik hamkorlik tajribasi va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitetning Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi tomonidan tashkil etilib, unda BMT tizimi vakillari, ilmiy-akademik doira, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda tegishli davlat organlari vakillari ishtirok etdi.

    Davra suhbatining asosiy maqsadi O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning shakllanish bosqichlari, bugungi ustuvor yo‘nalishlari hamda istiqboldagi rivojlanish imkoniyatlarini ilmiy tahlil qilishdan iborat bo‘ldi. Muhokamalar davomida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik bugungi kunda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, inson huquqlarini himoya qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish hamda Orolbo‘yi mintaqasini qo‘llab-quvvatlash kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olishi qayd etildi.

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT minbarida ilgari surilgan tashabbuslar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanib, bir qator rezolyutsiyalar qabul qilingani alohida ta’kidlandi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash va yoshlar salohiyatini rivojlantirish sohalarida UNICEF va UNESCO bilan hamkorlikdagi loyihalarning ahamiyati ham qayd etildi.

    Tadbir yakunida ishtirokchilar ilmiy muloqot O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidlab, kelgusida qo‘shma tadqiqotlar, tahliliy tashabbuslar va ta’lim loyihalarini kengaytirish muhimligini qayd etdilar. Davra suhbati ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, yangi hamkorlik tashabbuslari uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.