JIDUda Prezident Shavkat Mirziyoyevning nabirasiga yo‘llagan maktubi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iordaniya Hoshimiylar Podshohligiga tashrifi davomida nabirasiga yo‘llagan samimiy maktubi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

    Tadbir davomida maktubda ilgari surilgan yosh avlod tarbiyasi, ilm-ma’rifatga intilish, Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va insoniy fazilatlar kabi muhim g‘oyalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishi, vaqtni qadrlashi hamda boshlagan ishini oxiriga yetkazishi zarurligi ta’kidlandi.

    Shuningdek, maktubda Imom Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va Behbudiy kabi buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosiga munosib avlod bo‘lish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va tarixiy xotirani mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Muloqot jarayonida Vatanga muhabbat, halollik, kamtarlik, mehnatsevarlik, sabr-toqat va matonat kabi fazilatlarning inson kamolotidagi o‘rni, har bir yoshning o‘z bilimi va salohiyati orqali mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishi muhimligi qayd etildi.

    Tadbir yakunida talaba-yoshlar bilim olishga, doimiy izlanishga, yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga hamda Vatanimizga munosib farzand bo‘lishga chaqirildi.

    Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni ma’naviy yetuk va bilimli insonlar etib tarbiyalashga xizmat qildi.