Investitsiya shartnomalari arbitraji va ICC jarayoniga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Investitsiya shartnomalari arbitraji va ICC jarayoniga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    Investitsiya shartnomalari arbitraji va ICC jarayoniga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    Investitsiya shartnomalari arbitraji va ICC jarayoniga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 13-mayda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish” yo‘nalishi magistrantlari uchun Investitsiya shartnomalari arbitraji va ICC jarayoniga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi.

    Mahorat darsini Nyu-Yorkda faoliyat yurituvchi huquqshunos Aakansha Dave olib bordi. Uning professional tajribasi AQSH, Hindiston va Yevropaning turli yurisdiktsiyalarida immigratsiya va transchegaraviy huquqiy masalalarni qamrab oladi.

    Dave xonim Nyu-Yorkdagi ICC Arbitraj (Xalqaro Savdo Palatasining Arbitraj sudi) Case Management Team jamoasida ishlagan. Ushbu lavozimda u turli sohalardagi arbitraj jarayonlarini tahlil qilgan va ICC qoidalari bo‘yicha protsessual yangilanishlarni o‘rgangan. Dunyodagi yetakchi arbitraj institutlaridan birida qo‘lga kiritilgan ushbu amaliy tajriba talabalarga nizolarni boshqarish – ishlarni yuritishdan tortib, institutsional qoidalarni qo‘llashgacha bo‘lgan jarayonlar haqida qimmatli maʼlumot berdi.

    Mahorat darsi Universitetning “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi shogird-o‘qituvchisi Rushana Saʼdullayeva tomonidan tashkil etildi.

    Ushbu tadbir akademik muloqotni rivojlantirishga, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlashga va taʼlim jarayonini takomillashtirishga muhim hissa qo‘shdi. Tadbir, shuningdek, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadi 17 – “Maqsadlar uchun hamkorlik”, xususan, fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga chaqiruvchi 17.6-maqsadga mos keladi.