
JIDU katta o‘qituvchisi mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi
JIDU katta o‘qituvchisi mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi

2026-yil 19-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Islomxon Gafarov O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida tashkil etilgan «Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik: global beqarorlik sharoitida yangi strategik yondashuvlar» mavzusidagi VIII xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyada ishtirok etdi.
Tadbirda xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, xorijiy va mahalliy tahliliy markazlar, shuningdek, ilmiy-ekspert doiralari vakillari qatnashdi.
Islomxon Gafarov «Markaziy Osiyoning mintaqaviy xavfsizligida Afg‘onistonning ahamiyati» mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z chiqishida Afg‘onistonning mintaqaviy jarayonlardagi roli o‘zgarib borayotganiga alohida e’tibor qaratib, ushbu mamlakat nafaqat mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning muhim omili, balki Markaziy Osiyo davlatlari uchun yangi iqtisodiy imkoniyatlar manbaiga aylanayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash hamda Afg‘onistonni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga integratsiya qilish Markaziy Osiyoda uzoq muddatli barqarorlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashning muhim shartlari ekanligi qayd etildi.



