JIDU akademik litseyida  “Ayollar ilm-fanda: kecha, bugun va ertaga” mavzusida mentorlik ilmiy seminari o‘tkazildi

    Joriy yilning 18-fevral kuni JIDU qoshidagi akademik litseyda “Ayollar ilm-fanda: kecha, bugun va ertaga” mavzusida mentorlik ilmiy seminari tashkil etildi. Mazkur tadbir xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodni ilmiy izlanishlarga rag‘batlantirish hamda jamiyat taraqqiyotida ayollarning o‘rni va rolini keng yoritishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Seminar doirasida ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, pedagoglar, ilmiy tadqiqotchilar va iqtidorli o‘quvchi-yoshlar jam bo‘lib, dolzarb mavzular yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

    Seminarda JIDU Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi E. Sultanova o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib, ayollarning ilm-fandagi yetakchilik salohiyati, zamonaviy ta’lim tizimida gender tenglikni ta’minlash masalalari hamda ilmiy muhitda muvaffaqiyatga erishishning muhim omillari haqida mazmunli fikrlar bildirdi. U o‘z nutqida ilm olishda qat’iyat, izlanishdan to‘xtamaslik va o‘z ustida muntazam ishlash muvaffaqiyatning asosiy kaliti ekanini alohida ta’kidladi.

    Tadbirda ilmiy sohada muvaffaqiyat qozongan ayollarning tajribasi, ularning kasbiy shakllanish yo‘li, zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida xotin-qizlar ishtirokining ortib borayotgani, shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ishtirokchilarga ilmiy faoliyatni to‘g‘ri rejalashtirish, tadqiqot olib borish metodologiyasi, grant va loyihalarda qatnashish tartibi hamda xalqaro ilmiy hamkorlik imkoniyatlari haqida ham amaliy tavsiyalar berildi.