
JIDU talabalari Markaziy bank yig'ilishi simulyatsiyasini o'tkazdi
JIDU talabalari Markaziy bank yig'ilishi simulyatsiyasini o'tkazdi

JIDU “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishining uchinchi kurs talabalari BMTning 16-Barqaror rivojlanish maqsadi “Tinchlik, odil sudlov va samarali institutlar” doirasida “Bank ishi” fanidan ishbilarmonlik o'yinini o'tkazdi. Ishtirokchilar O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari va OAV vakillari rollarini ijro etdi.
“Markaziy bank boshqaruvi” inflyatsiya, valyuta kursi, iqtisodiy o‘sish va kredit bozoridagi vaziyatni tahlil qilib, asosiy stavka bo'yicha qaror qabul qildi. Matbuot anjumanida “regulyator” qaror mantig'ini tushuntirib, “jurnalistlar”ning savollariga javob berdi. "Tijorat banklari" bunga javoban kredit va depozit stavkalarini qayta ko'rib chiqdi va risklarni baholadi. Shu tariqa talabalar samarali institut uchun shaffoflik va hisobdorlik nima sababdan muhimligini amalda ko‘rdi.
Simulyatsiyani Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedrasi o‘qituvchisi Shaхzoda Shaхobova tashkil etdi va unga rahbarlik qildi. U talabalarga pul-kredit siyosati nazariyasini amaliyot bilan bog'lashda yordam berdi.
Ishbilarmonlik o'yini talabalarda analitik fikrlash, qaror qabul qilish, jamoada ishlash va omma oldida so'zlash ko'nikmalarini rivojlantirdi.
| Sana: | 23.11.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 16 |
| Ulashish: |




