JIDUda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

    2026-yil 23-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida NEXTGEN DIPLOMATS CLUB tashabbusi bilan xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

    JIDU Xalqaro huquq va ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, NEXTGEN DIPLOMATS CLUB rahbari Zarina Israilova tomonidan tashkil etilgan tadbirda gender tengligi bo‘yicha ekspert Feruza Hamdamova spiker sifatida ishtirok etdi.

    Mahorat darsi davomida oilada xotin-qizlar va bolalarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularni huquqiy himoya qilish, mavjud muammolar, shuningdek, zo‘ravonlikning oldini olish mexanizmlari yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.

    Mazkur tadbir BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga hamohang bo‘lib, xususan:

    5-maqsad — Gender tengligi: xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish;

    16-maqsad — Tinchlik, adolat va samarali institutlar: inson huquqlarini himoya qilish va adolatni ta’minlashga qaratilgan.

    Ushbu tashabbus talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, gender tengligi tamoyillarini targ‘ib qilish hamda jamiyatda inson huquqlariga hurmat madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.