JIDUda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga bag‘ishlangan talabalar o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi

    2026-yil 21-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport madaniyatini rivojlantirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan mini-futbol turniri bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur sport tadbiri JIDU Sharq tillari kafedrasi tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 3-Barqaror rivojlanish maqsadi — «Sog‘liq va farovonlik» doirasida tashkil etildi.

    Musobaqada arab va fors tillarini o‘rganayotgan 2- va 3-bosqich talabalari jamoalari ishtirok etdi. Turnirni tashkil etish va ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlashda kafedra o‘qituvchilari J. Abdupattahov, G. Xusainova, S. Abdunabiyev, Sh. Muhitdinova va N. Allamberganova faol qatnashdilar.

    Turnir davomida talabalar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar. Uchrashuvlarga katta o‘qituvchi D. Rahmatov hakamlik qildi.

    Bunday sport tadbirlari talabalarning salomatligini mustahkamlash, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish hamda universitet muhitida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga xizmat qiladi.