Birinchi bosqich talabalari “Birlashgan Millatlar Tashkiloti va dunyo tinchligi” mavzusida debat o‘tkazdilar

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) Xalqaro munosabatlar fakulteti birinchi bosqich talabalari ishtirokida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti va dunyo tinchligi” mavzusida debat mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

    Mashg‘ulot Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi Shohsanam Usmanova tomonidan o‘tkazildi. Talabalar “Birlashgan Millatlar Tashkiloti endi dunyo tinchligini saqlashda samarali emas” degan tezisni ingliz tilida muhokama qildilar. Tasdiqlovchi jamoa Xavfsizlik Kengashidagi veto huquqi, tinchlikparvarlik missiyalari va xalqaro huquqni ta’minlashdagi cheklovlarga e’tibor qaratdi.

    Inkor etuvchi jamoa esa BMTning diplomatiya, tinchlikparvarlik, insonparvarlik yordami va xalqaro hamkorlikdagi o‘rnini ta’kidladi. Ikkala jamoa o‘z dalillarini real misollar va amaliy holatlar bilan asoslab, raddiya va savol-javobda faol ishtirok etdi. So‘ngra hakamlar jamoalarni baholab, g‘olibni e’lon qildilar.

    Debat talabalarning tanqidiy fikrlash, notiqlik, jamoada ishlash va ingliz tilida diplomatik muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.