JIDU talabalari uchun “Davlat xizmatida manfaatlar to'qnashuvi: aniqlash, oldini olish va hal etish mexanizmlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

JIDU talabalari uchun “Davlat xizmatida manfaatlar to'qnashuvi: aniqlash, oldini olish va hal etish mexanizmlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

    JIDU talabalari uchun “Davlat xizmatida manfaatlar to'qnashuvi: aniqlash, oldini olish va hal etish mexanizmlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

    JIDU talabalari uchun “Davlat xizmatida manfaatlar to'qnashuvi: aniqlash, oldini olish va hal etish mexanizmlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

    2026-yil 21-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi professori G.Ismailova va katta o'qituvchisi D.Soliyev tashabbusi bilan “Davlat xizmati” fanidan "Davlat xizmatida manfaatlar to'qnashuvi: aniqlash, oldini olish va hal etish mexanizmlari"mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentlikning mas’ul xodimi Saidov Ulug‘bek Zoxidovich ishtirok etib, talabalarga Agentlikning tuzilishi, vakolatlari va davlat organlarida korrupsiyaning oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berdi.

    Mazkur davra suhbati davomida Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi OʻRQ-931-son “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasi, uning turlari va davlat xizmatida yuzaga kelish holatlari muhokama qilindi. Talabalarga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi ekanligi tushuntirildi. Shuningdek, davlat organi xodimi manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi axborotni ikki usul ya’ni mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabarnoma hamda ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etish orqali oshkor etishi qayd etildi. Bundan tashqari, manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash manbalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bular deklaratsiyalar, davlat xaridlari jarayonida olingan takliflar, xarid komissiyasi majlislarining bayonnomalari, tuzilgan shartnomalar hamda fuqarolarning murojaat va xabarlaridir.

    Davra suhbatining muhim jihati talabalarning faol ishtiroki bilan belgilanadi. Talabalar manfaatlar toʻqnashuviga oid amaliy vaziyatlarni (keyslarni) tahlil qildilar, oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar va Agentlik vakiliga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Amaliyotchi mutaxassisning bevosita ishtiroki talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyoti bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Bu ularda boʻlajak davlat xizmatchisi sifatida halollik, xolislik va korrupsiyaga murosasizlik kabi kasbiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bunday amaliyotga yoʻnaltirilgan taʼlim 4-maqsad — “Sifatli taʼlim” (BRM – 4) ga erishishga hissa qoʻshadi.

    Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish davlat resurslarining samarali taqsimlanishiga, davlat xaridlarida halol raqobatga va tadbirkorlik uchun teng sharoitlar yaratilishiga ham xizmat qiladi. Shu jihatdan u 8-maqsad — “Munosib mehnat va iqtisodiy oʻsish” (BRM – 8) bilan bogʻliqdir. Oliy taʼlim muassasasi va davlat organlari oʻrtasidagi bunday hamkorlik esa 17-maqsad — “Maqsadlar yoʻlida hamkorlik” (BRM – 17) ni amalga oshirishga hissa qoʻshadi.