JIDUda “Mintaqa va jahon siyosatida Xitoy” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

JIDUda “Mintaqa va jahon siyosatida Xitoy” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDUda “Mintaqa va jahon siyosatida Xitoy” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDUda “Mintaqa va jahon siyosatida Xitoy” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    2026-yil 5-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Mintaqashunoslik” fani doirasida “Mintaqa va jahon siyosatida Xitoy” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Tadbirda dunyoning TOP-300 taligiga kiruvchi Xitoyning nufuzli Sichuan universiteti dotsenti, Zamonaviy Xitoy ilmiy tadqiqot instituti ijrochi direktori Chju Shisun, Shihezi universiteti olimi, siyosiy fanlar doktori Lyu Xe hamda Xitoyning Shinjon mintaqasidagi turizm bo‘yicha vakili, Echo aql markazi direktori Eric Chen ishtirok etdi. Tadbirda “Xalqaro munosabatlar” fakultetining 2-bosqich talabalari faol qatnashdilar.

    Uchrashuv davomida Chju Shisun xalqaro munosabatlar nazariyasiga oid an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar haqida ilmiy asoslangan ma’ruza qilib, Xitoyning mintaqaviy va global siyosatdagi o‘rni yuzasidan o‘z tahlillarini taqdim etdi.

    Shihezi universiteti vakili Lyu Xe esa o‘z chiqishida Xitoyning zamonaviy geosiyosiy tashabbuslari, iqtisodiy rivojlanish strategiyalari, xavfsizlik va siyosiy hamkorlik yo‘nalishlariga alohida to‘xtaldi. Xususan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan olib borilayotgan pragmatik hamkorlik tashabbuslari ham konseptual va amaliy jihatdan tahlil qilindi.

    Tadbir davomida Eric Chen tomonidan olib borilgan ochiq va do‘stona muloqot talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Unda Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining amaliy natijalari hamda SHHT doirasidagi ko‘p tomonlama diplomatik aloqalar muhokama qilindi.

    Mazkur mahorat darsi Barqaror rivojlanish maqsadlarining 9-, 16- va 17-maqsadlariga erishish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishini yana bir bor namoyon etdi.

    Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil va ilmiy asoslangan javoblar oldilar. Ushbu master-klass yosh mutaxassislar uchun barqaror rivojlanish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini yanada boyitish imkonini yaratdi.