
JIDU professor-o‘qituvchilari Respublika bolalar onkologiya markaziga tashrif buyurishdi
JIDU professor-o‘qituvchilari Respublika bolalar onkologiya markaziga tashrif buyurishdi

Joriy yilning 2-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti O‘zbek va rus tillari kafedrasi bir qator o‘qituvchilari hamda talabalari Respublika bolalar onkologiya markaziga tashrif buyurib, u yerda davolanayotgan bolalar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Tashrif davomida bolalarga sovg‘alar topshirildi. Sovg‘alar ularga quvonch ulashib, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Talabalarning ezgu tashabbusi bolalar va ularning ota-onalari tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.
Tadbir talabalarda mehr-oqibat, insonparvarlik va ijtimoiy mas‘uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
| Sana: | 02.06.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 336 |
| Ulashish: |




