Siyosiy partiyalar faoliyatini o‘rganish va saylovoldi manifestlarini ishlab chiqish doirasida amaliy tashrif tashkil etildi

Siyosiy partiyalar faoliyatini o‘rganish va saylovoldi manifestlarini ishlab chiqish doirasida amaliy tashrif tashkil etildi

    Siyosiy partiyalar faoliyatini o‘rganish va saylovoldi manifestlarini ishlab chiqish doirasida amaliy tashrif tashkil etildi

    Siyosiy partiyalar faoliyatini o‘rganish va saylovoldi manifestlarini ishlab chiqish doirasida amaliy tashrif tashkil etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari uchun “Siyosatshunoslik” fani doirasida “Siyosatshunoslik” kafedrasi shogird-o‘qituvchisi Sh.Akromova tashabbusi bilan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga o‘quv-amaliy tashrif tashkil etildi. Tashrif davomida partiya vakili Nurbek Abdulkasimov talabalarni partiyaning faoliyati va asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.

    Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning siyosiy partiyalar faoliyati, ularning dasturiy maqsad va vazifalari, saylovoldi dasturlari hamda mamlakat siyosiy tizimidagi o‘rni haqidagi nazariy bilimlarini amaliy ma’lumotlar bilan boyitishdan iborat bo‘ldi.

    Mazkur mashg‘ulot doirasida talabalarga siyosiy partiyalarning tashkil topish tarixi, faoliyat yo‘nalishlari, mafkuraviy asoslari, saylov jarayonlaridagi ishtiroki hamda saylovoldi manifestlarini ishlab chiqish mexanizmlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi. Xususan, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining dasturiy ustuvorliklari, siyosiy tashabbuslari va saylovoldi faoliyati yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

    Amaliy mashg‘ulotning muhim qismi sifatida talabalar oldiga siyosiy partiyalarning saylovoldi manifestlarini shakllantirish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, tashrif davomida ushbu topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan amaliy bilim va ma’lumotlarni to‘plashga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar partiya dasturlarining mazmuni, saylovoldi va’dalarining shakllantirilishi, ustuvor siyosiy yo‘nalishlarni belgilash hamda ularni aniq taklif va tashabbuslar ko‘rinishida ifodalash jarayonlari bilan tanishdilar.

    Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, siyosiy partiyalarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi o‘rni, saylov jarayonlari hamda partiyaviy raqobat yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur tashrif ularning siyosiy jarayonlarni tahlil qilish, saylovoldi manifestlarini ishlab chiqish va siyosiy takliflarni shakllantirish borasidagi amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.