JIDU rektori Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi

JIDU rektori Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi

    JIDU rektori Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi

    JIDU rektori Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi

    Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining Madaniyat, turizm va sport qo‘mitasi raisi, Koreya–O‘zbekiston parlamentlararo hamkorlik guruhi rahbari Kim Gyo Xon boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Koreya parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, parlament qo‘mitalari va parlamentlararo hamkorlik guruhlarining o‘zaro aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Keyingi yillarda davlat rahbarlari o‘rtasidagi faol siyosiy muloqot davlatlararo munosabatlarga yangi sur’at bag‘ishladi. Shu ma’noda parlament diplomatiyasi erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim o‘rin tutmoqda.

    Suhbat chog‘ida ta’kidlanganidek, Koreya Respublikasi O‘zbekistonning ishonchli do‘sti va vaqt sinovidan o‘tgan yaqin hamkoridir.

    Kim Gyo Xon O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik chuqur tarixiy ildizlarga ega ekanini ta’kidlab, mazkur munosabatlar qadimiy Buyuk Ipak yo‘li an’analariga tayanishini qayd etdi. Bugungi kunda esa Yangi Ipak yo‘li konsepsiyasi, xususan, Innovatsion Ipak yo‘li strategiyasi doirasida ikki mamlakatning iqtisodiy, raqamli hamda madaniy aloqalari izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

    Shuningdek, ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan Koreya Respublikasining yetakchi universitetlari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik almashinuvlar, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

    Uchrashuv yakunida savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiya va innovatsiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarining muhim ustunlari ekani yuzasidan fikr bildirildi.