Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalar turar joyida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalar turar joyida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalar turar joyida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalar turar joyida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 20-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalar turar joyida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning muammo va takliflarini bevosita joyida o‘rganish maqsadida “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur tadbir talabalar va universitet rahbariyati o‘rtasida o‘zaro ishonch, ochiqlik va samimiy muloqotni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

    Uchrashuvning asosiy maqsadi talabalarni oliygoh va jamiyat hayotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonlari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yaqin va uzoq istiqboldagi rejalar bilan tanishtirish, shuningdek, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tinglash orqali samarali muloqot maydonini yaratishdan iborat bo‘ldi.

    Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O. Yusupjanov, Xalqaro munosabatlar fakulteti dekani M. Abdullayeva, talabalar turar joyi menejeri A. Xakimov, tegishli bo‘lim va xizmatlar mas’ul xodimlari hamda talabalar faol ishtirok etdilar.

    Uchrashuv davomida O. Yusupjanov yoshlar bilan ochiq va erkin muloqot olib borib, o‘z nutqida mamlakatimizda olib borilayotgan davlat yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, talabalarning bilim olishi, ijtimoiy faolligi va shaxsiy rivoji uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u talabalarning bilim va salohiyatini oshirish, o‘z ustida muntazam ishlash, tanlagan kasbiga sadoqat bilan yondashish muhimligini alohida ta’kidladi.

    Bundan tashqari, yoshlarni tashabbuskor, mas’uliyatli va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga undab, universitet hayotidagi ijtimoiy, madaniy-ma’naviy va sport tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirdi. Talabalar bilan ishlashda ularning fikri va tashabbuslari doimo e’tiborda bo‘lishi, har bir taklif puxta o‘rganilishi zarurligi qayd etildi.

    Uchrashuv jarayonida talabalar tomonidan bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Xususan, talabalar turar joyidagi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, maishiy qulayliklarni kengaytirish, internet tarmog‘idan foydalanish sifatini oshirish, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, shuningdek, madaniy-ma’naviy va sport tadbirlarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shu bilan birga, yoshlarni turli ijodiy, intellektual va ta’limiy loyihalarga jalb etish, to‘garaklar va klublar faoliyatini faollashtirish borasida ham muhim fikrlar ilgari surildi.

    Universitet rahbariyati tomonidan talabalar tomonidan bildirilgan barcha taklif va mulohazalar diqqat bilan tinglandi hamda ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, talabalar bilan doimiy va tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini bevosita joyida o‘rganish va tezkor hal etish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash universitet faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida qayd etildi.

    Mazkur uchrashuv yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning fikrini tinglash va qo‘llab-quvvatlash, talaba-yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi hamda kelgusida bunday ochiq muloqotlar muntazam ravishda o‘tkazilishi rejalashtirildi.