Davlat bayrogʻi kuniga bagʻishlangan siyosiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Davlat bayrogʻi kuniga bagʻishlangan siyosiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

    Davlat bayrogʻi kuniga bagʻishlangan siyosiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

    Davlat bayrogʻi kuniga bagʻishlangan siyosiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

    Joriy yilning 18-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun” munosabati bilan siyosiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Muhammadjon Sheraliyevich Valiyev hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Dadaxon Muhammadiyev va Lola Joʻrayeva ishtirok etdi.

    Tadbirni universitetning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Oydin Sultonaliyevna Mannopova ochib berdi. U Davlat bayrogʻi mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va xalqimiz birligining muqaddas ramzi ekanini taʼkidladi.

    Shuningdek, tadbirda “Siyosatshunoslik” kafedrasi professori Qodir Asadovich Djoʻrayev soʻzga chiqdi. U oʻz nutqida Davlat bayrogʻining milliy davlatchiligimiz tarixidagi oʻrni, uning milliy oʻzlikni anglash va fuqarolar birligini mustahkamlashdagi ahamiyati haqida soʻz yuritdi.

    Tadbir davomida mehmonlar talabalarga Davlat bayrogʻining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilinishi tarixi, undagi ranglar va ramzlarning maʼnosi haqida soʻzlab berdi. Yoshlarni davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va fuqarolik masʼuliyati ruhida tarbiyalash muhimligi alohida qayd etildi. Yozuvchilar Vatan va bayroq mavzusidagi ijod namunalari bilan talabalarni tanishtirdi.

    Tadbir talabalarning faol ishtiroki va samimiy muloqot ruhida oʻtdi. Bu yoshlarning vatanparvarlik tuygʻusini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.