JIDUda zamonaviy davrda xalqaro elektraloqa ittifoqi  (ITU)ning xalqaro huquqiy maqomi va uning hujjatlari huquqiy tabiati masalalariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

    2026-yilning 5-oktabr kuni Xalqaro axborot huquqi fani doirasida 4-kurs talabalari uchun JIDU “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professori N.Nugmanov va  Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” MChJ Yuridik bo‘limi Yuriskonsulti Abdalimova Dariya Odilovna tomonidan “Zamonaviy davrda Xalqaro elektraloqa ittifoqining (ITU) xalqaro huquqiy maqomi va uning hujjatlari huquqiy tabiati” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

    Mutaxassis tomonidan hozirgi rivojlanish sharoitida Xalqaro elektraloqa ittifoqining (XEI) huquqiy vositalari transformatsiyasi tahlil qilindi. Asosiy e’tibor BMTning eng qadimiy ixtisoslashgan agentligi sifatida XEIning o‘ziga xos xususiyatlari hamda XEI qabul qiladigan turli toifadagi hujjatlarning huquqiy kuchi batafsil ma’lumot berildi.

    Mahorat darsi davomida sun’iy intellekt va global raqamli infratuzilmalarning jadal rivojlanishida XEIning tashabbuslari, XEIning Tavsiyalari va texnik standartlar, ITU-T (standartlashtirish), ITU-R (radioaloqa) va ITU-D (rivojlantirish) sektorlari tomonidan qabul qilingan hujjatlarning ishlash mexanizmi batafsil tahlil etiladi.

    Mazkur mahorat darsi yakunida talabalar bilan Xalqaro elektraloqa ittifoqining tavsiya va standartlari xalqaro huquqda “yumshoq huquq” normalarining xalqaro huquq subyektlari tomonidan amal qilinishi bo‘yicha fikr mulohazalar almashinildi hamda tadbir konstruktiv ruhda o‘tkazildi.