“O‘zbekistonning turkiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalari va ularni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

     Joriy yilning 13-noyabr kuni “Xalqaro huquq” va “Xalqaro munosabatlar” fakultetlari 4-kurs talabalari uchun “Xalqaro shartnomalar huquqi” fani doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi 1-kotibi Tagayev Bobur tomonidan “O‘zbekistonning turkiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalari va ularni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

    Ushbu dars O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qaroriga muvofiq o‘quv jarayoniga katta amaliy tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida tashkil etildi.

    Mazkur dars doirasida ma’ruzachi tomonidan O‘zbekistonning turkiy davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarining hozirgi holati, ushbu yo‘nalishdagi asosiy ustuvor vazifalar hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi amaliy faoliyat keng yoritib berildi. Shuningdek, turkiy davlatlar o‘rtasida tuzilgan xalqaro shartnomalar va kelishuvlarning huquqiy asoslari, ularning ahamiyati hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

    Dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq va batafsil javoblar oldilar. Savol-javob jarayoni faol va mazmunli tarzda o‘tdi.

    Mazkur turdagi dars mashg‘ulotlari talabalarning amaliyot bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarini boyitishga, ularning kasbiy tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi.