JIDU talabalari uchun «Siyosiy elita va lider» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

JIDU talabalari uchun «Siyosiy elita va lider» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

    JIDU talabalari uchun «Siyosiy elita va lider» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

    JIDU talabalari uchun «Siyosiy elita va lider» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

    JIDU Xalqaro munosabatlar fakultetining 1-kurs talabalari uchun «Siyosatshunoslik» fani doirasida «Siyosiy elita va lider» mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi. Uni O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabi professori, tarix fanlari doktori Ilyos Normamatovich Islomov hamda JIDU professori, siyosiy fanlar doktori Qodir Asadovich Jo‘rayevlar olib bordilar.

    Mahorat darsida siyosiy elita va siyosiy lider tushunchalarining mazmun-mohiyati, ularning jamiyat siyosiy hayoti va davlat boshqaruvidagi o‘rni hamda ahamiyati atroflicha yoritildi. Siyosiy elita jamiyatdagi muhim siyosiy qarorlarni qabul qilish, davlat taraqqiyotining strategik yo‘nalishlarini belgilash va siyosiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan yetakchi qatlam sifatida tavsiflandi. Siyosiy lider esa muayyan siyosiy maqsad va g‘oyalar atrofida jamiyatni birlashtira oladigan, ijtimoiy jarayonlarga yo‘nalish beradigan, tashabbuskorligi, siyosiy irodasi va mas’uliyati bilan ajralib turadigan shaxs sifatida talqin qilindi.

    Shuningdek, siyosiy elita va lider o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, liderlikning shakllanish omillari, siyosiy yetakchilikning zamonaviy modellari hamda ularning davlat va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri haqida fikr yuritildi.

    Mashg‘ulot davomida talabalarga siyosiy elita va lider faoliyatini baholashda tarixiy tajriba, siyosiy madaniyat, shaxsiy fazilatlar va ijtimoiy mas’uliyatning ahamiyati tushuntirildi. Mavzu yuzasidan talabalar bilan savol-javoblar va fikr almashuvlar tashkil qilinib, ularning siyosiy jarayonlarga nisbatan mustaqil fikrlash va tahliliy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Bunday mahorat darslari talabalarning nazariy bilimlarini boyitish, siyosiy voqea va jarayonlarni chuqurroq anglash, shuningdek, kelgusida malakali mutaxassis sifatida ularda tahliliy fikrlash va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.