JIDUda talabalar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruh raisi bilan uchrashdi

JIDUda talabalar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruh raisi bilan uchrashdi

    JIDUda talabalar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruh raisi bilan uchrashdi

    JIDUda talabalar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruh raisi bilan uchrashdi

    2026-yil 3-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyevning Koreya Respublikasining Jahon savdo tashkiloti (JST) huzuridagi doimiy vakili o‘rinbosari, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruh raisi Sung-yo Choi hamda JSTning davlatlarning tashkilotga a’zo bo‘lish masalalari bo‘yicha departamenti direktori Maika Oshikava bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonining bugungi holati va istiqbollari, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va qonunchilik islohotlari, shuningdek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

    JIDUning akademik masalalar bo‘yicha birinchi prorektori A. Umarov universitet ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish, xususan, xalqaro savdo va savdo diplomatiyasi sohasida mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan “Xalqaro savdo huquqi” ta’lim yo‘nalishi tashkil etilgani haqida ma’lumot berdi.

    Uchrashuvda JIDU va JST o‘rtasida ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro konferensiyalar va ekspertlar uchrashuvlarini tashkil etish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

    Universitet rahbariyati bilan uchrashuvdan so‘ng JST vakillari JIDU talabalari uchun xalqaro savdo masalalari va O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoniga bag‘ishlangan ma’ruza o‘tkazdilar.

    Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.