JIDUda oilaviy-huquqiy nizolarni hal etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi

JIDUda oilaviy-huquqiy nizolarni hal etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi

    JIDUda oilaviy-huquqiy nizolarni hal etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi

    JIDUda oilaviy-huquqiy nizolarni hal etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 10-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Oilaviy nizolar: amaliy topshiriqlar” mavzusida mehmon-professor ishtirokida amaliy mashgʻulot boʻlib oʻtdi. Mashgʻulot talabalarning oila huquqi boʻyicha nazariy bilimlarini real huquqiy vaziyatlar asosida mustahkamlash hamda xorijiy tajriba bilan tanishtirish maqsadida “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq” kafedrasi oʻqituvchisi Zulfiya Sultanbekovna Mambetova tomonidan tashkil etildi.

    Mashgʻulotga mehmon sifatida S.Amanjolov nomidagi Sharqiy-Qozog’iston Universiteti (Qozogʻiston Respublikasi) yuridik fanlar nomzodi, assotsiatsiyalangan professor Aynura Serikxanovna Ramazanova taklif etildi. Tadbirda “Xalqaro huquq” yoʻnalishining 2-kurs talabalari faol ishtirok etib, oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

    Mashgʻulot davomida nikohni bekor qilish, er-xotinning umumiy mol-mulkini taqsimlash, aliment undirish, ajrashgandan soʻng bolaning yashash joyini belgilash hamda ota-onaning huquq va majburiyatlariga oid nizolar amaliy topshiriqlar asosida tahlil qilindi. Talabalar guruhlarga boʻlinib, aniq kazuslarni yechishdi, oʻz yechimlarini qonun normalari bilan asoslashdi va ularni ochiq muhokamada himoya qilishdi.

    Shuningdek, mehmon-professor Qozogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasining oila qonunchiligi va sud amaliyotini qiyosiy tahlil qilib, oilaviy nizolarni hal etishda mediatsiya va boshqa muqobil usullarning ahamiyatiga alohida toʻxtaldi. Ushbu muloqot Barqaror rivojlanishning 5-maqsadi – “Gender tengligi” hamda 16-maqsadi – “Tinchlik, adolat va samarali institutlar” gʻoyalari bilan hamohangdir.

    Mashgʻulot yakunida oilaviy nizolarni hal etishda bola manfaatlarining ustuvorligi va taraflar tengligi tamoyillari BRMning 16.3-bandi – “Qonun ustuvorligini taʼminlash va odil sudlov imkoniyatlarini kengaytirish” bilan uzviy bogʻliq ekanligi taʼkidlandi.

    Xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi bunday amaliy mashgʻulotlar boʻlajak xalqaro huquqshunoslarning kasbiy koʻnikmalarini oshirishga va xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.