
JIDUda Rahbar va Yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
JIDUda Rahbar va Yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 19-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fikr va takliflarini eshitish, mavjud muammo va masalalarni o‘rganish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim muloqot maydoni sifatida o‘tkazildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslarini o‘rganish, ularning dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini tinglash hamda ilgari surilgan ijobiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, uchrashuv davomida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ilmiy, ma’naviy va ijtimoiy faolligini oshirish, turli to‘garaklar, loyihalar va ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.




