Barqaror rivojlanish amaliyotda: JIDU o‘qituvchisi TDSHUda mahorat darsi o‘tkazdi

Barqaror rivojlanish amaliyotda: JIDU o‘qituvchisi TDSHUda mahorat darsi o‘tkazdi

    Barqaror rivojlanish amaliyotda: JIDU o‘qituvchisi TDSHUda mahorat darsi o‘tkazdi

    Barqaror rivojlanish amaliyotda: JIDU o‘qituvchisi TDSHUda mahorat darsi o‘tkazdi

    2026-yil 5-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Sharq tillari kafedrasi o‘qituvchisi Bernara Giyazova Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida (TDSHU) interaktiv mahorat darsi o‘tkazdi. Tadbir BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) keng targ‘ib qilish, ta’lim tashabbuslarini rivojlantirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi.

    Mahorat darsida hind tilini o‘rganayotgan “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishining birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.

    Mashg‘ulot BRM 4 — “Sifatli ta’lim” maqsadini amalga oshirish doirasida tashkil etilib, Times Higher Education (THE) metodologiyasida nazarda tutilgan 4.3.4-ko‘rsatkich — “Universitet hududidan tashqarida ta’lim va ma’rifiy-targ‘ibot faoliyatini amalga oshirish” mavzusiga bag‘ishlandi.

    Amaliy misollar asosida ishtirokchilar barqaror rivojlanishning global maqsadlarini keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilish, ta’lim tashabbuslarini ommalashtirish hamda aholini ushbu jarayonlarga jalb etishning samarali usullari bilan tanishdi.

    Mashg‘ulotning amaliy qismida talabalar olgan bilimlarini qo‘llagan holda universitet tashabbuslarini ta’lim muassasasidan tashqarida — maktablar, mahallalar va keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilish bo‘yicha o‘z takliflari hamda loyiha g‘oyalarini taqdim etdi.

    Mazkur tadbir JIDU va TDSHU o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlash, talabalarning loyiha faoliyati bo‘yicha ko‘nikmalarini, ijtimoiy mas’uliyati va tashabbuskorligini rivojlantirish, shuningdek, ularning barqaror rivojlanish tamoyillarini ilgari surishdagi faolligini oshirishga xizmat qildi.