Zulfiya mukofotiga talabgorlar tanlovi boʻlib oʻtdi

Zulfiya mukofotiga talabgorlar tanlovi boʻlib oʻtdi

    Zulfiya mukofotiga talabgorlar tanlovi boʻlib oʻtdi

    Zulfiya mukofotiga talabgorlar tanlovi boʻlib oʻtdi

    Joriy yilning 12-noyabr kuni Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni saralashning tuman bosqichi yuksak ruhda va yuqori saviyada boʻlib oʻtdi.

    Tanlovda 17 nafar iqtidorli, izlanuvchan va tashabbuskor qizlar ishtirok etdi. Ular sanʼat, taʼlim, fan, sport, jamoatchilik faoliyati, tibbiyot hamda axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha soʻnggi uch yil davomida erishgan yutuqlari, ilmiy va ijodiy ishlari hamda amalga oshirgan loyihalarini namoyish etdilar.

    Tanlovda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi raisi, siyosiy fanlar doktori, professor E.Sultanova komissiya aʼzosi sifatida “Fan” yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etdi.

    Respublika va xalqaro miqyosdagi yutuqlarga ega boʻlgan qizlarimiz oʻz bilim va salohiyatlarini mazmunli videoroliklar, jonli chiqishlar va zamonaviy taqdimotlar orqali hakamlar hayʼatiga namoyon etdilar.

    Gʻoliblar va faol ishtirokchilar tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.