
JIDUda “Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning intellektual kuchi” mavzusi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi
JIDUda “Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning intellektual kuchi” mavzusi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

2026-yil 27-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, mantiqiy fikrlashini mustahkamlash hamda ilm-ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida JIDU Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning intellektual kuchi” mavzusi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va Mudofaa universiteti tarkibidagi Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti kursantlari ishtirok etdi. Musobaqa davomida qatnashchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga jamoaviy tarzda javob berib, bilim darajasi, tezkor tafakkuri hamda tahliliy yondashuv ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning ilmiy-intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, turli ta’lim muassasalari o‘rtasida do‘stona hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakunida faxrli 1-, 2- va 3-o‘rinlarni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur tashabbus mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol, bilimli va vatanparvar ruhda tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning amaliy ifodasi sifatida e’tirof etiladi.



