JIDU “Yosh tahlilchilar” klubi jamoasi SIMO–2026 xalqaro matematika olimpiadasida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

JIDU “Yosh tahlilchilar” klubi jamoasi SIMO–2026 xalqaro matematika olimpiadasida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

    JIDU “Yosh tahlilchilar” klubi jamoasi SIMO–2026 xalqaro matematika olimpiadasida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

    JIDU “Yosh tahlilchilar” klubi jamoasi SIMO–2026 xalqaro matematika olimpiadasida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

    2026-yil 14–15-noyabr kunlari Toshkent shahrida akademik Azimboy Sa’dullayev nomidagi xalqaro matematika olimpiadasi — Sadullaev International Mathematical Olympiad (SIMO–2026) bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi, V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida tashkil etildi. Olimpiada universitet talabalari o‘rtasida matematika faniga oid bilim va salohiyatni sinovdan o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

    Joriy yilgi olimpiadada 40 ta oliy ta’lim muassasasidan 300 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi.

    Mazkur nufuzli intellektual musobaqada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Yosh tahlilchilar” klubi jamoasi ham munosib ishtirok etib, jami 6 ta medalni qo‘lga kiritdi.

    Olimpiada yakunlariga ko‘ra, JIDU talabalari quyidagi natijalarga erishdi:

    Oltin medal:

    ·Egamberdiyev Maqsadbek Baxtiyor o‘g‘li — XIM fakulteti 2-bosqich talabasi.

    Kumush medallar:

    · Ortiqov Yusufjon Shamshodovich — XIM fakulteti 3-bosqich talabasi.

    · Abdulhamidov Izzatbek Shavkat o‘g‘li — XIM fakulteti 2-bosqich talabasi;

    · Erkinov Bexruzbek Oybek o‘g‘li — XIM fakulteti 2-bosqich talabasi;

    · Abdivaxitov Sherzod Sherali o‘g‘li — XIM fakulteti 1-bosqich talabasi;

    Bronza medal:

    ·  Baxtiyorov Nurbek Bobir o‘g‘li — XIM fakulteti 2-bosqich talabasi.

    Jamoa rahbari:  “Iqtisodiyotda miqdoriy usullar va ma’lumotlar tahlili” kafedrasini katta o‘qituvchisi Turdiyev Shodmon Ro‘zimu­rotovich

    Ushbu natijalar JIDUda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning matematik bilimlari va ilmiy salohiyatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning samarasi hisoblanadi.