
JIDUda BRMga erishish monitoringining xalqaro metodologiyasi bo‘yicha amaliy trening o‘tkazildi
JIDUda BRMga erishish monitoringining xalqaro metodologiyasi bo‘yicha amaliy trening o‘tkazildi

2025-yil 16-aprel kuni “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi mudiri Tashpulatova Laylo Maratovna tomonidan magistratura talabalari uchun “Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRMga) erishish monitoringining xalqaro metodologiyasi” mavzusida amaliy trening tashkil etildi.
Ushbu treningda talabalarga BRMga erishish jarayonida qo‘llaniladigan asosiy xalqaro indikatorlar, kuzatuv tizimlari, ma'lumotlar yig‘ish va tahlil qilish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Trening davomida BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan metodologiyalar muhokama qilinib, ularning milliy statistik tizimlarga integratsiyasi yuzasidan tahlillar o‘tkazildi. Ishtirokchilar interaktiv shaklda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Mazkur trening magistratura talabalari uchun nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash imkonini berdi. Tadbir talabalarda barqaror rivojlanish maqsadlari monitoringi borasidagi xalqaro tajribalarni o‘rganish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Ushbu trening asosan SDG 17.4.1 maqsadiga erishish doirasida, SDGlar uchun ta'limga bag‘ishlangan va mazmunli ta'limni ta'minlashga qaratilgan bo‘lib, tinglovchilar uchun juda samarali natijalarga erishildi.
Sana: | 16.04.2025 |
Ko'rganlar soni: | 57 |
Ulashish: |