Madaniy meros va ma’naviyat: JIDU talabalari Alisher Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatriga tashrif buyurdilar

    2026-yil 10-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) Ingliz tili kafedrasining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) seksiyasi o’qituvchilari N.B. Tashpulatova, R. A. Arslonbekova, D.I. Allaberganova, X. A. Axmadjanov, F. SH. Zaripova, M. H. Batirova, Z. N. Akmalova hamda  Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining 2-kurs talabalari Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston davlat akademik katta opera va balet teatriga tashrif buyurdilar. Tadbir davomida talabalar va ustozlar buyuk mutafakkir va shoir hayoti hamda ijodiga bag’ishlangan “Alisher Navoiy” spektaklini tomosha qildilar.

    Tashrifning asosiy maqsadi yoshlarni milliy madaniy meros, o’zbek mumtoz adabiyoti va san’ati bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy muhitni boyitishdan iborat bo’ldi. Spektakl davomida talabalar tarixiy muhit, sahna mahorati va musiqiy ijrodan katta taassurot oldilar hamda asarda ilgari surilgan vatanparvarlik, adolat va insonparvarlik g’oyalarini chuqur his qildilar.

    Ushbu madaniy tadbir talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat hissini yuksaltirish hamda ustoz va shogirdlar o’rtasidagi ijodiy muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.