
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish haftaligi” doirasida Eko-faol kun bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish haftaligi” doirasida Eko-faol kun bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsent v.b. A.M.Radjabova rahbarligida “Xalqaro munosabatlar” fakultetining 2-bosqich talabalari Toshkent shahrida joylashgan Botanika Bog‘ida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish haftaligi” doirasida Eko-faol kun tashkillashtirdilar.
Eko-faol kun mobaynida talabalar bog‘ atrofidagi chiqindilarni yig‘ish, ularni to‘g‘ri saralash va taqsimlash orqali atrofdagilarga o‘rnak ko‘rsatdilar. Shuningdek, ekologik madaniyat, atrof-muhitni asrab-avaylash, eko-faol fuqaro bo‘lishga oid ko‘nikmalarni shakllantirishda amaliy tajribaga ega bo‘ldilar.
Bog‘ ma’muriyati va hordiq chiqarish uchun tashrif buyurgan fuqarolar eko-faol kun ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.




