
Sog‘lom ayol – baxtli oila poydevori: Talabalar turar joyida talaba-qizlar bilan davra suhbati o‘tkazildi
Sog‘lom ayol – baxtli oila poydevori: Talabalar turar joyida talaba-qizlar bilan davra suhbati o‘tkazildi

2026-yil 6-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Talabalar turar joyida Ingliz tili kafedrasi oʻqituvchilari Tashpulatova N.B., Zaripova F.Sh. va Akmalova Z.N. tashabbusi bilan talaba-qizlar uchun «Sog‘lom ayol – baxtli oila poydevori» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi. Suhbatda Xalqaro huquq va Xalqaro munosabatlar fakultetlarining 1- va 2-kurs talaba-qizlari faol ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi talaba-qizlar o’rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayollar salomatligini mustahkamlash va ushbu omillarning mustahkam hamda baxtli oila qurishdagi o‘rnini Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bilan bog’liq holda muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. O‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan taqdimot asosida o‘tgan suhbat davomida quyidagi maqsadlarga alohida e’tibor qaratildi:
BRM 3 – Sog’liq va farovonlik
BRM 5 – Gender tengligi
BRM 10 – Tengsizlikni kamaytirish
Shuningdek, samimiy va ochiq muloqot davomida xotin-qizlarning jismoniy va ruhiy salomatligi, reproduktiv salomatlik madaniyati, oiladagi ijtimoiy-psixologik muhit, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash hamda O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan fikr almashildi. Talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Mazkur davra suhbati talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlarda oila qadriyatlari va sog‘lom turmush tarziga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.
| Sana: | 07.11.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 88 |
| Ulashish: |




