Barqaror rivojlanish maqsadlari: talabalar ekologik muammolarni BRM nuqtai nazaridan tahlil qildilar

    2026-yil 12-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) Xalqaro huquq va Xalqaro munosabatlar fakultetlarining 1- va 2-kurs talabalari uchun ingliz tili fanidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) bag’ishlangan poster taqdimoti loyihasi o’tkazildi. Mashg’ulot o’qituvchi Muratova Marxabo Safarovna rahbarligida tashkil etildi.

    Loyihaning asosiy yo’nalishi ekologik muammolarni BRM bilan bog’lash bo’ldi. Talabalar guruhlarda ishlab, ekologik maqolalarni tanladilar va har bir muammo kamida ikkita BRM ga erishishga qanday to’sqinlik qilishini tahlil qildilar. Posterlarda quyidagi maqsadlar yoritildi:

    · BRM 3 – Sog’liq va farovonlik

    · BRM 6 – Toza suv va sanitariya

    · BRM 11 – Barqaror shaharlar va aholi punktlari

    · BRM 12 – Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish

    · BRM 13 – Iqlim o’zgarishiga qarshi kurash

    · BRM 14 – Suv ostidagi hayot

    · BRM 15 – Quruqlikdagi hayot

    Shuningdek, posterlarda maqola sharhi, asosiy dalillar, ekologik va ijtimoiy oqibatlar, yechimlar hamda O’zbekiston sharoitida BRM ga erishish bo’yicha amaliy takliflar aks etdi. Har bir guruh 10-12 daqiqalik taqdimot o’tkazdi, nutq vaqti a’zolar o’rtasida teng taqsimlandi va talabalar savollarga javob berdilar.

    Loyiha talabalarning tadqiqot, tanqidiy fikrlash, jamoada ishlash va ingliz tilida ommaviy nutq ko’nikmalarini rivojlantirib, ularda barqaror rivojlanish masalalariga mas’uliyatli munosabatni shakllantirdi.