Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 1-bosqich talabalarini kutib olish va joylashtirish jarayonlari davom etmoqda!

    Bugun, 6-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 1-bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida ularni munosib kutib olish va talabalar turar joylariga joylashtirish jarayonlari faol davom etmoqda.

    Universitetga ilk bor qadam qoyayotgan yoshlarni kutib olish, ularni turar joy bilan taminlash, zarur malumotlarni yetkazish, manzil va yonalishlar boyicha komaklashish, shuningdek, yuzaga kelayotgan tashkiliy masalalarni tezkor hal etish maqsadida masul xodimlar, faol talabalar va volontyorlar jalb etilgan. Mazkur jarayonda Talabalarni turar joy bilan taminlash boyicha masul xodimlar, Yoshlar ittifoqi faollari, “Qalqonjamoatchilik guruhi azolari hamda volontyor talabalar faol ishtirok etib, yangi talabalarni kutib olish, ularni turar joylarga yonaltirish va joylashish jarayonida amaliy yordam korsatmoqda.

    Ayniqsa, Toshkent shahriga boshqa hududlardan tahsil olish uchun kelgan talabalar uchun dastlabki kunlarda yol-yoriq korsatish, talabalar turar joylariga joylashishida komaklashish hamda yangi muhitga moslashib olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida etibor qaratilmoqda. Talabalarni turar joy bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida universitetning o‘z talabalar turar joyi bilan bir qatorda, xostel va ijara xonadonlaridan ham foydalanilmoqda. Bu esa talabalarni imkon qadar qisqa muddatlarda turar joy bilan ta’minlash va ularning Toshkent shahridagi ilk kunlarini qulay tashkil etishga xizmat qilmoqda.

    Aziz 1-bosqich talabalari!

    Sizlarni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida samimiy kutib olamiz! Universitet jamoasi tomonidan sizning yangi muhitga moslashishingiz, turar joy bilan ta’minlanishingiz va talabalik hayotingizni qulay boshlashingiz uchun barcha zarur ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

    Xush kelibsiz, aziz talabalar!

    JIDUdagi ilk kunlaringiz xayrli va unutilmas bo‘lsin!