JIDU yuridik klinikasi bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha treninglar o‘tkazmoqda

JIDU yuridik klinikasi bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha treninglar o‘tkazmoqda

    JIDU yuridik klinikasi bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha treninglar o‘tkazmoqda

    JIDU yuridik klinikasi bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha treninglar o‘tkazmoqda

    2026-yil 11-martdan 19-martga qadar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yuridik klinikasi talabalari “Qaldirg’och” tashabbusi doirasida umumta’lim maktablarida qator ma’rifiy treninglar o‘tkazmoqda.

    Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda hamda uning malakali mutaxassislari tomonidan metodik qo‘llab-quvvatlanmoqda. Hozirgi kunga qadar ushbu tashabbus 12 ta maktabda o‘tkazilib, taxminan 300 nafar o‘quvchini qamrab oldi. Treninglar boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari uchun moslashtirilgan holda tashkil etilmoqda. Treninglar mavzusi — “Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: milliy va xalqaro standartlar” bo‘lib, ular yoshlar o‘rtasida o‘z huquqlari, har qanday zo‘ravonlikdan himoyalanish huquqi hamda mavjud himoya mexanizmlari haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan. Mashg‘ulotlar interaktiv shaklda, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘tkazilib, ochiq muloqot va faol ishtirokni rag‘batlantiradi. Treninglar davomida o‘quvchilarga jismoniy va psixologik zo‘ravonlik, bulling, ekspluatatsiya, jinsiy zo‘ravonlik hamda qarovsiz qoldirish kabi zo’ravonlik turlari haqida tushuncha berilib o’tdi. Shuningdek, ishtirokchilarga huquqiy himoya mexanizmlari va zo‘ravonlik holatlarida murojaat qilish mumkin bo‘lgan vakolatli davlat organlari haqida ma’lumot berildi.

    Treninglarda O‘zbekiston Respublikasi «Inson» ijtomoiy hizmatlar markazi vakillari ham ishtirok etishdi, bu o’z navbatda, loyihaning institutsional va sohalararo yondashuvini yanada kuchaytirdi. Mazkur hamkorlik ta’lim muassasalari, davlat organlari va inson huquqlari tashkilotlari o‘rtasidagi hamjihatlikning ahamiyatini namoyon etib, bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish va huquqiy xabardorlikni oshirishga xizmat qiladi.

    Mazkur tashabbusni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi 2030-yilgacha bo’lgan milliy strategiyasining har qanday turdagi zo‘ravonlikga nisbatan murosasizlikni ta’minlash maqasadiga ham mos keladi.