YOUR HEALTH: STUDENT SURVIVAL MODE” seminari o‘tkazildi

YOUR HEALTH: STUDENT SURVIVAL MODE” seminari o‘tkazildi

    YOUR HEALTH: STUDENT SURVIVAL MODE” seminari o‘tkazildi

    YOUR HEALTH: STUDENT SURVIVAL MODE” seminari o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) “Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi — SDG WEEK 2026” doirasida talaba Dildora Zufarova tashabbusi bilan “CHOOSE YOUR HEALTH: STUDENT SURVIVAL MODE” nomli ochiq seminar tashkil etildi.

    Mazkur tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, 3-maqsad — “Sog‘liq va farovonlik” hamda 4-maqsad — “Sifatli ta’lim”ni targ‘ib etish, talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish va jismoniy hamda ruhiy salomatlikka mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishga qaratildi.

    Seminar davomida ishtirokchilar kundalik odatlarning inson salomatligi va ruhiy holatiga ta’siri, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda o‘qish jarayonida shaxsiy farovonlikni saqlash masalalarini muhokama qildilar.

    Tadbirning amaliy qismida talabalar kundalik hayotda uchraydigan vaziyatlarga asoslangan interaktiv o‘yinda ishtirok etib, salomatlikka oid qarorlarni ongli ravishda qabul qilishning ahamiyatini o‘rgandilar. Seminar yakunida barcha qatnashchilarga foydali kundalik odatlarni shakllantirish va ularning bajarilishini kuzatib borishga mo‘ljallangan maxsus odatlar trekerlari (habit trackers) taqdim etildi.

    “CHOOSE YOUR HEALTH: STUDENT SURVIVAL MODE” tashabbusi talabalarning jismoniy va ruhiy salomatlik haqidagi bilimlarini mustahkamlash, sog‘lom odatlarni kundalik hayotga tatbiq etish hamda shaxsiy farovonlikka mas’uliyatli yondashuvni rag‘batlantirishga xizmat qildi.