JIDUda “SDG WEEK 2026” doirasida “Share Book – Share Knowledge” kitob almashinuvi loyihasi amalga oshirildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Xalqaro munosabatlar kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi — SDG WEEK 2026” doirasida universitet kutubxonasi bilan hamkorlikda “Share Book – Share Knowledge” (“Kitob ulash — bilim ulash”) loyihasi tashkil etildi.

    Mazkur tashabbus talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bilim almashinuvini rag‘batlantirish hamda kitoblardan qayta foydalanish orqali resurslarga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratildi.

    Loyiha doirasida 50 nafarga yaqin talaba o‘zlari mutolaa qilib bo‘lgan kitoblarini taqdim etib, ularni boshqa adabiyotlarga almashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Kitob almashinuvi jarayoni talabalarning yangi adabiyotlar bilan tanishishi, o‘zaro fikr va bilim almashishi hamda mutolaa uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qildi.

    Tashabbus Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, 4-maqsad — “Sifatli ta’lim” hamda 12-maqsad — “Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish” tamoyillariga muvofiq amalga oshirildi.

    “Share Book – Share Knowledge” loyihasi talabalarning barqaror rivojlanish sohasidagi nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, kitoblarning foydalanish muddatini uzaytirish va universitetda bilim almashish muhitini rivojlantirishga xizmat qildi.