Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida «Xalqaro xususiy huquqda xalqaro kredit va hisob-kitob munosabatlari» mavzusida master-klass tashkil etildi

    Joriy yil 20-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi professori, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Imamova Dilfuza tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti 4-bosqich talabalari uchun master-klass o‘tkazildi.

    Mashgulot mavzusiXalqaro kredit va hisob-kitob munosabatlaribolib, uXalqaro xususiy huquqfanining doirasida tashkil etildi. Dars davomida D.Imamova xalqaro kredit va hisob-kitob munosabatlarining xalqaro-huquqiy hamda kollizion tartibga solinishi bilan bogliq asosiy masalalarni yoritdi. Ayniqsa, xalqaro kreditlarning turlari hamda xalqaro hisob-kitob mexanizmlariga alohida etibor qaratildi.

    Talabalar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘ldilar, balki amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantirdilar: mashg‘ulot davomida haqiqiy huquqiy keýslar tahlil qilinib, xalqaro hisob-kitoblarning turlari o‘rtasidagi farqlarni chuqurroq tushunish imkoniyati yaratildi. Ishtirokchilar dars mavzusiga katta qiziqish bildirdilar, faol munozarada qatnashdilar, xalqaro xususiy huquq normalarining amaliy qo‘llanilishiga oid savollar berdilar hamda mazmunli, asosli javoblar oldilar.

    Tadbir ilmiy-amaliy muloqotni mustahkamlash, nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish hamda xalqaro ta’limiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qildi. Mazkur master-klass BRM-17 “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik” maqsadining 17.6-bandiga muvofiq, fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish doirasida o‘tkazildi.