JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada yangi ilmiy nashrlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada yangi ilmiy nashrlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada yangi ilmiy nashrlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada yangi ilmiy nashrlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 6-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada “Diplomatik izohli lug‘at” hamda “Diplomatiya qadimgi davrlardan hozirgi kungacha” nomli nashrlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda davlat va jamoat arboblari, diplomatiya sohasi vakillari, olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi.

    Taqdimotni Diplomatik akademiya direktori, professor Abdusamat Xaydarov ochib, mazkur nashrlarning milliy diplomatiya maktabini rivojlantirish va sohada o‘zbek tilidagi ilmiy adabiyotlar bazasini boyitishdagi ahamiyatini ta’kidladi.

    Tadbir davomida “Diplomatik izohli lug‘at”ning yaratilish jarayoni va ilmiy-amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Nashr diplomatik atama va tushunchalarni o‘zbek tilida tizimli izohlash hamda milliy diplomatik terminologiyani rivojlantirishga xizmat qiladi.

    Shuningdek, professor Ibrahim Mavlanov Abdusamat Xaydarov bilan hammualliflikda tayyorlangan “Diplomatiya qadimgi davrlardan hozirgi kungacha” o‘quv qo‘llanmasini tanishtirdi. Unda diplomatiyaning tarixiy taraqqiyoti, nazariy-huquqiy asoslari, zamonaviy yo‘nalishlari va iqtisodiy diplomatiya masalalari yoritilgan.

    Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev, shuningdek, yetakchi olimlar va soha mutaxassislari so‘zga chiqib, nashrlarning diplomatik kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdilar.

    Taqdimot yakunida mazkur kitoblar milliy diplomatiya maktabining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, o‘zbek tilidagi sohaga oid adabiyotlarni rivojlantirish va bo‘lajak diplomatlarning kasbiy bilimlarini oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.